locale OZ

Jeremi Doku Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

Futbolchi tez kunda ota boʻladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeremi Doku Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» klubi hamda Belgiya milliy terma jamoasi vingeri Jeremi Doku ilk farzandining dunyoga kelishida ishtirok etish uchun JCh-2026dagi terma jamoa qarorgohini vaqtincha tark etdi.

Uning rafiqasi Shirin yaqin kunlarda ko‘zi yorishi kutilmoqda. Hujumchi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Misrga qarshi bahsda (1:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, 86 daqiqa harakat qilgan edi. Endilikda u katta ehtimol bilan 21-iyun kuni Eronga qarshi bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

«Bu mening birinchi farzandim va u tug‘ilayotgan lahzada u yerda bo‘lishni mutlaqo chin dildan xohlayman. Agar aynan mendan nima istayotganimni so‘rasangiz, javobim oddiy: hech kim o‘z to‘ng‘ichining dunyoga kelishini o‘tkazib yuborishni istamaydi.

Shu bilan birga, futbolda boshqa ko‘plab omillarni ham hisobga olish kerakligini juda yaxshi tushunaman, biroq federatsiya bunday vaziyatlarda futbolchilarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Ko‘ramiz, nima qila olar ekanmiz», — deya Dokuning so‘zlarini keltirmoqda The Athletic.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting