locale OZ

Jerar Pike «Real Madrid» kiyinish xonasidagi mushtlashuv borasida Florentino Peresning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi

Avvalroq Valverde va Tchuameni oʻrtasida nizo kelib chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jerar Pike «Real Madrid» kiyinish xonasidagi mushtlashuv borasida Florentino Peresning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubining sobiq himoyachisi Jerar Pike «qirollik klubi» futbolchilari Federiko Valverde va Aurelian Tchuameni o‘rtasida yuzaga kelgan janjal borasida Florentino Peresning fikrlariga qo‘shilishini bildirdi.

«Har yili kiyinish xonalarida mushtlashuvlar sodir bo‘lib turadi. Florentino bu haqda gapirdi, men buni ko‘rmadim, lekin o‘qidim. Har yili odamlar urishib turishadi, bu normal holat.

Men hayotimda hech qachon hech kim bilan urishmaganman. Kimnidir golf tayog‘i bilan urish — xuddi Arbeloa aytib bergan voqeadagidek (avvalroq murabbiy matbuot anjumanida jamoadoshlaridan biri ikkinchisini golf tayog‘i bilan urgani haqida gapirgan edi) boshqa narsa, kiyinish xonasida kichik janjal ko‘tarish — butunlay boshqa narsa. Bu do‘stona mushtlashuv», — dedi Pike.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Florentino Peres «El Klasiko» oldidan mashg‘ulot paytida yarimhimoyachilar o‘rtasida boshlangan og‘zaki nizo kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketganiga munosabat bildirgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting