Jennaro Gattuzo: «Italiya xalqidan shaxsan uzr so‘rayman»
Italiya bosh murabbiyi jamoa Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan afsusda ekanligini aytdi.
FOTO: Getty Images
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun muxlislardan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar hal qiluvchi pley-off bahsida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berishgan edi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4).
«Italiya bo‘lajak Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagani uchun shaxsan o‘zim uzr so‘rayman, biroq yigitlarimiz maydonda bor kuchlarini berishdi», — dedi Gattuzo.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Ta’kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» o‘z tarixida to‘rt karra dunyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.