locale OZ

Jennaro Gattuzo Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi — Romano

Taniqli mutaxassis 2025 yildan buyon «Skuadra Adzurra»ni boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jennaro Gattuzo Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi — Romano
FOTO: Getty Images

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi pley-off bahsida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berganidan so‘ng (1:1, penaltilar seriyasida 1:4), o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

«Skuadra Adzurra» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi mundialda ishtirok etishgan edi. Ta’kidlash joizki, Italiya terma jamoasi to‘rt karra jahon chempioni hisoblanadi.

Gattuzo Italiya terma jamoasini 2025 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bungacha mutaxassis «Xayduk», «Marsel», «Napoli» va «Milan» kabi klublarda faoliyat yuritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting