Jeksonga uchta jamoa da’vogarlik qilmoqda
Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson transfer oynasi yopilguniga qadar klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Madridning "Atletiko", "Tottenhem" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, "ko‘klar" tomonidan futbolchiga belgilangan narx taxminan 70 million yevroni tashkil etmoqda. Shuningdek, "Aston Villa" senegallik futbolchini ijaraga olish variantini afzal ko‘rayotgani ma’lum.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Nikolas Jeksonning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
O‘tgan mavsumda forvard ijarada "Bavariya" safida to‘p surgan edi. 2023 yilda "Chelsi" ushbu o‘yinchini "Vilyarreal"dan 37 million yevroga xarid qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist