Jekson faoliyatini Madridda davom ettirmoqchi
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini qayerda davom ettirish masalasida bir qarorga keldi.
Marca ma'lumotiga ko'ra, senegallik futbolchi Madridning "Atletiko" klubiga o'tishni istamoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli hujumchi madridliklarga allaqachon og'zaki rozilik bergan.
Jeksonga "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchi Angliyada qolishni unchalik istamayotgani sababli Madridga ko'chib o'tish variantini afzal ko'rmoqda.
"Chelsi" esa, aksincha, hujumchini "Aston Villa"ga sotishni xohlamoqda. Hozircha "Atletiko" va London klubi o'rtasida kelishuvga erishishga hali ancha bor. Shu sababli madridliklar boshqa nomzodlarga e'tibor qaratishi mumkin.
Transfermarkt portali Nikolas Jeksonning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.