Jekson «Chelsi»da qolish uchun shartni ma'lum qildi
Bu haqda The Sun xabar berdi.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson Londonda qolishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
24 yoshli futbolchi yakuniga yetgan mavsumni "Bavariya"da ijarada o'tkazdi. Biroq myunxenliklar senegallik futbolchini sotib olmaslikka qaror qilishdi.
Mutaxassislar Jekson "Chelsi"da ham ushlab qolmasligini taxmin qilishgan edi. Biroq The Sun nashrining xabariga ko'ra, forvard "Stemford Brij"da qolishga qarshi emas. Hujumchining yagona sharti bor – u asosiy tarkib a'zosi bo'lishni istamoqda. Hozirda asosiy masala "aristokratlar"ning yangi ustozi Xabi Alonsoga bog'liq bo'lib turibdi.
Nikolas Jekson va "Chelsi" o'rtasidagi bitim 2033 yilgacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali hujumchining aktual transfer narxini 40 mln yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist