locale OZ

Jekson «Aston Villa»ga o'tishi mumkin — Romano

Jekson 2023 yilda «Vilyarreal»dan «Chelsi» safiga qo'shilgan edi.
Jekson «Aston Villa»ga o'tishi mumkin — Romano
ФОТО: Getty images

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, «Aston Villa» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi senegallik forvardni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Hozircha «Chelsi»ga rasmiy taklif yuborilmagan va ehtimoliy transfer bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Nikolas Jekson «Chelsi» safiga 2023 yilda «Vilyarreal»dan kelib qo‘shilgan edi va hozirgacha londonliklar hujum chizig‘idagi muhim futbolchilardan biri hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting