locale OZ

Jeko — «Shalke» futbolchisi

Hozirda “Shalke” ikkinchi darajali Bundesligada ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeko — «Shalke» futbolchisi
Фото: Шальке

“Fiorentina” hujumchisi Edin Jeko faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi.

“Shalke” klubi bosniyalik 39 yoshli forvardning transferini e'lon qildi. Kelishuv 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Hozirda “Shalke” ikkinchi darajali Bundesligada ishtirok etmoqda. U jamoa bilan asosiy ligaga qaytishni rejalashtirmoqda.

Umuman olganda Edin Germaniyada avval ham to'p surgan. 2007 yil yozida u “Volfsburg” safiga kelib qo'shilgan, 2011 yil yanvar oyida esa Bundesliganing g'olibi sifatida “Manchester Siti”ga yo'l olgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting