locale OZ

Jeko Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeko Fransiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Parij" "Fiorentina" hujumchisi Edin Jekoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Fransiyaning L’Equipe nashri.

Manbaga ko‘ra, parijliklar allaqachon 39 yoshli bosniyalik bilan muzokara o‘tkazgan. Ehtimoliy transfer borasida suhbatlashishgan. Klub bosh murabbiyi Jeko bilan avvaldan tanish bo‘lgani sababli uni “Parij” safida ko‘rmoqchi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 1,5 million yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Jeko barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting