locale OZ

Jeko faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

Futbolchining “Fiorentina” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jeko faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Fiorentina” hujumchisi Edin Jeko faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida “binafsharanglilar” safini tark etishga tayyor. Bosniyalik forvardga “Shalke 04” klubi qiziqish bildirmoqda.

Gelzenkirxen jamoasi allaqachon tajribali hujumchi bilan muzokaralarni boshlagan. Shuningdek, Jekoga “Parij” ham da’vogar sifatida qaralmoqda.

Ma’lumot tariqasida eslatib o‘tamiz, Edin Germaniyada avval ham to‘p tepgan. 2007 yil yozida u “Volfsburg” safiga kelib qo‘shilgan. Keyinchalik klub bilan Bundesligada chempionlikni qo‘lga kiritib, Angliya chempionatiga yo‘l olgan.

Futbolchining “Fiorentina” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting