Jeko ertaga \"Fiorentina\" bilan shartnoma imzolaydi
39 yoshli futbolchi A Seriyaga qaytmoqda.
Photo: Getty Images
Bosniyalik 39 yoshli hujumchi Edin Jeko tez orada Italiya "Fiorentina" klubi futbolchisiga aylanadi.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Jeko payshanba kuni klub bilan rasmiy shartnoma imzolaydi. “Fiorentina” bilan bir yillik bitimga imzo chekadi. Yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir mavsumga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Jeko 2024/25 yilgi mavsumni "Fenerbahche" safida o‘tkazdi, ammo shartnomasi tugagach, jamoani tark etdi. Uning hisobida 53 ta o‘yin, 21 ta gol va sakkizta golli uzatma bor. Futbolchining transfer qiymati 2 mln yevroni tashkil etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist