locale OZ

Jek Grilish “Manchester Siti”dan ketadigan bo‘lsa, “Everton”ga qaytishni istamoqda

Grilish o‘tgan mavsumni “Everton” safida ijara asosida o‘tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jek Grilish “Manchester Siti”dan ketadigan bo‘lsa, “Everton”ga qaytishni istamoqda
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlashi borasida qaror qilgan. Jurnalist Martin Blekbern ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi “Everton”ga qaytish variantini ma’qul ko‘rmoqda.

Grilish o‘tgan mavsumni “Everton” safida ijara asosida o‘tkazgan. Hozirda mersisaydliklar futbolchini yana o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini “Manchester Siti” bilan muhokama qilmoqda.

Angliyalik futbolchi “Everton” tarkibida 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. Klub rahbariyati ham Grilishni qaytarishga qiziqayotganini yashirmayapti.

Ma’lumot uchun, Grilishning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting