locale OZ

Jed Spens Tomas Parti bilan qoʻl berib koʻrishishni istamadi

Angliya — Gana uchrashuvi oldidan e’tiborli holat kuzatildi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Jed Spens Tomas Parti bilan qoʻl berib koʻrishishni istamadi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs avvalida Angliya terma jamoasi himoyachisi Jed Spens raqib futbolchisi Tomas Partining qo‘lini siqmagani xabar qilindi.

Manbaga ko‘ra, mazkur holat o‘yin oldidan futbolchilar o‘rtasidagi an’anaviy salomlashuv jarayonida yuz bergan.

Tomas Parti avvalroq jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq bir qator ayblovlar bo‘yicha tergov doirasida aybini tan olmagan edi. Shu sababli ushbu vaziyat futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi.

Angliya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv JCh-2026 guruh bosqichining L guruhi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Hozircha Angliya terma jamoasi vakili tomonidan ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh berilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting