locale OZ

Jed Spens Meksikaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda milliy jamoasiga yordam bera olmaydi

Mudofaa qanotida uning o‘rnini «Arsenal» a’zosi Deklan Rays yoki «Bayer» himoyachisi Jarell Kuansa egallashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jed Spens Meksikaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda milliy jamoasiga yordam bera olmaydi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
05.07.2026, Yak.
Meksika
2
Angliya
3

«Tottenxem» va Angliya terma jamoasi qanot himoyachisi Jed Spens 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Meksikaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda milliy jamoasiga yordam bera olmaydi.

Sky Sports jurnalisti Rob Dorsettning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining sog‘lig‘ida muammolar mavjud. Mudofaa qanotida uning o‘rnini «Arsenal» a’zosi Deklan Rays yoki «Bayer» himoyachisi Jarell Kuansa egallashi mumkin.

Jed Spens Shimoliy Amerika mundialdagi Angliya terma jamoasining barcha to‘rtta uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lsa-da, samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Meksika — Angliya uchrashuvi 6 iyul kuni «Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv startiga Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da hushtatak chalinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting