locale OZ

Jed Spens “Liverpul”ga o‘tmaydi

Avvalroq mersisaydliklar 25 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jed Spens “Liverpul”ga o‘tmaydi
Foto: Getty Images

“Tottenhem” himoyachisi Jed Spens yozgi transfer oynasida “Liverpul” safiga o‘tmaydi.

Avvalroq mersisaydliklar 25 yoshli angliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” Spens transferi ustida ishlamayapti.

Ayni paytda “Liverpul”ning o‘ng qanot himoyasida foydalanish mumkin bo‘lgan asosiy futbolchi Jeremi Frimpong bo‘lib turganiga qaramay, klub Spensni sotib olish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Shu bilan birga, Spensning o‘zi joriy yozda “Tottenhem”ni tark etishga tayyor ekani aytilmoqda. Futbolchi avvalroq APL va A Seriyaning bir qator klublariga, jumladan “Inter” hamda “Atalanta”ga taklif qilingan.

Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” Spensni 41 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting