JCHdan mosuvo bo‘lgan Indoneziya Kluivertni ishdan bo‘shatdi
Patrik 2025 yilning fevralidan beri Indoneziya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Niderlandiyalik mutaxassis Patrik Kluivert Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida mehnat shartnomasini bekor qilgan. Patrik 2025 yilning fevralidan beri Indoneziya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa o‘tgan haftada JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan Iroq (0:1) terma jamoasiga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng indoneziyaliklar mundialga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, jahon chempionati kelasi yil Shimoliy Amerikaning uchta davlati — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist