locale OZ

JCH-2026 saralashi. Italiya o‘z maydonida Moldovadan ustun keldi

Ikki gol bahs taqdirini hal qildi
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
JCH-2026 saralashi. Italiya o‘z maydonida Moldovadan ustun keldi
Photo: Getty Images

Yevropa qit’asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 4-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Italiya terma jamoasi o‘z uyida Moldova bilan to‘qnash kelib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning ikki goli Raspadori va Kambiaso nomiga yozildi.

Bu Luciano Spallettining Italiya terma jamoasidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi. 66 yoshli mutaxassis iste’foga chiqariladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Italiya hisobidagi ochkolar soni 3 taga yetdi. Guruhda Norvegiya peshqadamlik qilmoqda.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. 4-tur
Italiya 2:0 Moldova
Gollar: Raspadori 40, Kambiaso 50.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting