JCh—2026 mezbon shaharlari FIFA’dan va’da qilingan to‘lovlarni talab qilmoqda
2026-yilgi jahon chempionati uchrashuvlarini qabul qilgan AQSHning bir nechta shahri FIFA va’da qilgan mablag‘lar hali ham to‘lab berilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda The Athletic nashriga tayanib “Chempionat” xabar berdi.
Shaharlar vakillarining bildirishicha, FIFA turnir merosi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir mezbon shaharga 1 million dollardan ajratishni va’da qilgan. Biroq jahon chempionati yakunlanganiga qaramay, mazkur mablag‘lar hali hisob raqamlariga kelib tushmagan.
Mezbon shaharlar ushbu pullar turnirdan keyingi infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarurligini ta’kidlamoqda. Xabarda qayd etilishicha, FIFA jahon chempionati sikli davomida qariyb 15 milliard dollar daromad olgan.
Ma’lumot uchun, JCh—2026 uchrashuvlari AQSHning 11 ta shahrida o‘tkazildi. Turnir AQSH, Kanada va Meksikadagi jami 16 ta mezbon shaharni qamrab oldi.