locale OZ

JCH–2026 FIFAga rekord darajada daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich dastlabki prognozlardan ancha yuqori bo‘ldi.
JCH–2026 FIFAga rekord darajada daromad keltirdi
ФОТО: Getty images

2026 yilgi jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) uchun rekord darajadagi moliyaviy muvaffaqiyat bilan yakunlandi. The Guardian xabariga ko‘ra, tashkilot musobaqa orqali jami 15 milliard dollar daromad olgan.

Bu ko‘rsatkich dastlabki prognozlardan ancha yuqori bo‘ldi. Avvalroq FIFA jahon chempionatidan taxminan 11 milliard dollar tushum olishni rejalashtirgan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, daromadning keskin oshishiga asosan o‘yinlar uchun chiptalar savdosi va ularning qayta sotilishi xizmat qilgan. FIFA har bir qayta sotuv bitimida ham xaridordan, ham sotuvchidan 15 foizdan komissiya oladi. Bu esa umumiy tushumning sezilarli o‘sishiga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, mehmondo‘stlik (hospitality) xizmatlari ham FIFAning asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Aynan shu ikki yo‘nalish yakuniy moliyaviy natijaning rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘lishiga xizmat qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting