JCH saralashi. Turkiya mehmonda Gruziyadan ustun keldi
ФОТО: Getty images
Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 5-tur bahslari davom etmoqda.
E guruhida Turkiya safarda Gruziya bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda turkiyaliklarning gollariga Myuldur va Akturkog‘li (dubl) mualliflik qildi. Mezbonlarning ikki goli esa Davidashvili va Kvaratsxeliya nomiga yozildi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 5-tur
Gruziya – Turkiya 2:3
Gollar: Davidashvili 63, Kvaratsxeliya 90+8 – Myuldur 3, Akturkog‘li 41, 52 (dubl).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist