Jch saralashi. Misr mehmonda yirik hisobda g'alaba qozonib tarixiy natijani qo'lga kiritdi, Saloh dubl qayd etdi
Misrliklar Jahon chempionatida ishtirok etadigan 19-jamoaga aylandi.
photo: gettyimages
Jahon chempionati saralash bahslari doirasidagi Misr hamda Jibutini milliy jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi. Unda mehmonlar 0:3 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Natijada ochkolari sonini 23taga yetkazib, so‘nggi tur oldidan mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bu o‘yinda Muhammad Saloh dublga erishdi.
Shu tariqa, Misr o‘z tarixida 4‑marotaba (1934, 1990, 2018 va 2026) jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh Afrika mintaqasi saralash bosqichining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi — 9 ta gol bilan.
JCH-2026ning ishtirokchilari soni 19taga yetdi.
JCH-2026 caralashi. Afrika mintaqasi. 9-tur
Jibuti – Misr 0:3
8 oktyabr, Jibuti
Gollar: Adel 8, Saloh 14, 84
Ibrohim Jalolov
Redaktor