locale OZ

JCH saralashi. Italiya gol shousida Isroilni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH saralashi. Italiya gol shousida Isroilni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi safarda JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Isroilni mag'lub etdi – 5:4.

Mehmonlar safida Moyze Kin (40 va 54-daqiqalar) dubl muallifi bo'ldi. Yana bir golga Matteo Politano (52), Jakomo Raspadori (81) va Sandro Tonali (90+1) mualliflik qildi.

Isroilliklar safida Dor Perets dubl muallifi bo'ldi (52 va 89). Italiya futbolchilari esa yana ikki bor o'z darvozalariga gol urishdi – Manuel Lokatelli (16) va Alessandro Bastoni (87) avtogol mualliflari bo'lishdi.

Bu natijadan so'ng Italiya 9 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Guruhda Norvegiya 12 ochko bilan peshqadam.

JCH-2026 saralashi. Yevropa. 8 sentabr
I guruhi. 6-tur
Isroil — Italiya 4:5
Gollar: Lokatelli 16 (avt), Perets 52, 89 (dubl), Bastoni 87 (avt) — Ken 40, 54 (dubl), Politano 58, Raspadori 81, Tonali 90+1.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting