JCH saralashi. Ispaniya safarda Bolgariyani yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi
ФОТО: Getty images
JCH-2026 saralashi doirasida Ispaniya milliy terma jamoasi safarda Bolgariyaga qarshi maydonga tushdi.
Sofiyadagi “Vasil Levski” o‘yingohida kechgan bellashuvda Euro-2024ning amaldagi chempionlari to‘liq ustunlikka erishdi va 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinda dastlab 5-daqiqada Mikel Oyarsabal hisobni ochdi. 30-daqiqada esa Mark Kukurelya ikkinchi gol muallifiga aylandi. Yakuniy nuqtani 38-daqiqada Mikel Merino qo‘ydi.
Keyingi turda Ispaniya yana safarda Turkiyaga qarshi o‘ynaydi. Bolgariya Gruziya bilan bellashadi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 1-tur
Bolgariya – Ispaniya 0:3
Gollar: Oyarsabal 5, Kukurelya 30, Merino 38.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist