JCH saralashi. Belgiya Lixtenshteyn darvozasiga javobsiz oltita gol urdi
ФОТО: Getty images
Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 5-turi doirasida Belgiya safarda Lixtenshteyn bilan o‘ynadi.
Gollar shousida mehmonlar raqib darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritdi. Yuri Tilemans dublga erishdi. De Kuyper, Artur Teate, Kevin De Bryuyne va Malik Fofana ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng Rudi Garsiya shogirdlari ochkolari sonini 7 taga yetkazib, J guruhida 3-o‘rinni egalladi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. 5-tur
Lixtenshteyn – Belgiya 0:6
Gollar: Maksim De Kuyper 29, Yuri Tilemans 46, 70, Artur Teate 60, Kevin De Bryuyne 62, Malik Fofana 90+1
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist