locale OZ

Jch. Saralash. Xorvatiya Gibraltar ustidan yirik hisobdagi g'alabaga erishdi

57-daqiqada Mayer penaltidan unumli foydalana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jch. Saralash. Xorvatiya Gibraltar ustidan yirik hisobdagi g'alabaga erishdi
photo: gettyimages

Jahon chempionati saralash bosqichi Yevropa qit'asi L guruhi 8-turidan o'rin olgan Xorvatiya hamda Gibraltar milliy jamoalari o'rtasidagi bellashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Xorvatiya 3:0 hisobidagi yirik g'alabaga erishdi. Dastlab Fruk 30-daqiqada o'yindagi hisobni ochdi. 78-daqiqaga kelib Suchich mezbonlarni 2 ta to'p farqi bilan oldinga chiqib olishini ta'minlagan bo'lsa, o'yinning asosiy daqiqalariga qo'shib berilgan 6-minutida Erlich Xorvatiyaning 3-golini urib mezbonlarni yirik hisobdagi g'alabasini ta'minladi. 57-daqiqada Mayer penaltidan unumli foydalana olmadi.

L guruhi. 8-tur
Xorvatiya — Gibraltar 3:0
Gollar: Fruk (30), Suchich (78), Erlich (90+6).
Foydalanilmagan penalti: Mayer (57, Xorvatiya).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting