JCh saralash bosqichi. Norvegiya Isroilni yirik hisobda mag‘lub etdi
JCh–2026 saralash bosqichining “I” guruhi 67-turida Norvegiya terma jamoasi o‘z maydonida Isroilni qabul qilib, 5:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvning qahramoni yana Erling Holand bo‘ldi, u het-trik qayd etdi va jamoasining yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Birinchi bo‘lib hisob 18-daqiqada Isroil futbolchisi Halaili avtogol urib ochildi. Shundan so‘ng Holand 27-daqiqada hisobni 2:0 ko’rinishiga keltirib qo’ydi. Oradan bir daqiqa o’tib, Nashmiya ham o‘z darvozasiga to‘p kiritdi. Ikkinchi bo’limning 63 va 72-daqiqalarida yana Holand raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ma’lumot uchun, bu g‘alabadan so’ng norvegiyaliklar ochkolari sonini 18 taga yetkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamladi. Ikkinchi o’rinda esa 12 ochko to’plagan Italiya bormoqda.
Erling Holand esa ushbu saralash bosqichidagi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi va to’purarlar ro’yxatida peshqadamga aylanib oldi.