locale OZ

JCh-2030 finali «Santyago Bernabeu»da oʻtkazilishi mumkin

Ushbu mundialga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2030 finali «Santyago Bernabeu»da oʻtkazilishi mumkin
FOTO: Getty Images

2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvi Madridning «Real» klubiga tegishli «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, finalni aynan Madridda o‘tkazish qarori «Real» prezidenti Florentino Peres va FIFA prezidenti Janni Infantino o‘rtasidagi mustahkam aloqalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, mezbon shaharlar bo‘yicha yakuniy ro‘yxat 2026 yilning oxirgi oylarida e’lon qilinadi. FIFA esa Ispaniya, Marokash va Portugaliya qabul qiladigan mundialning yakuniy formatini yoz oxirigacha tasdiqlamaydi.

Shuningdek, FIFA Ispaniyaning dastlabki ustunligini, taqdim etiladigan stadionlar sonini hamda mamlakatning jahon futbolidagi o‘rnini hisobga olmoqda. «Santyago Bernabeu» foydasiga stadion brendining jozibadorligi, keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari va yirik sport tadbirlarini qabul qilish bo‘yicha isbotlangan tajriba ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Nomzodlar orasida, shuningdek, Madridning «Atletiko» klubiga qarashli «Metropolitano» stadioni ham bor. «Kamp Nou» ham ro‘yxatda tilga olinmoqda, biroq «Barselona» stadionining rekonstruksiyasi atrofidagi noaniqliklar hali ham saqlanib qolmoqda. «Benfika» stadioni esa jiddiy nomzod sifatida ko‘rilmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting