locale OZ

JCH-2026ga qo‘yilmagan hakam Yevropa Superkubogini boshqaradi

U 12 avgust kuni «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UEFA Superkubogi uchun final uchrashuvini boshqaradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026ga qo‘yilmagan hakam Yevropa Superkubogini boshqaradi
ФОТО: Getty images

JCH-2026da ishlashiga ruxsat berilmagan somalilik hakam Umar Artan yangi tayinlov oldi. Afrikaning yetakchi hakamlaridan biri 12 avgust kuni «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UEFA Superkubogi uchun final uchrashuvini boshqaradi.

Avvalroq Artanga Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirish taqiqlangan, deportatsiya qilinishidan oldin hakam 11 soatlik immigratsiya suhbatidan o‘tgan edi.

Uning turnirga qo‘yilmagani jiddiy rezonansga sabab bo‘ldi, biroq Oq uy vakili bu qaror uchun «jiddiy asoslar» borligini ma’lum qildi. FIFA prezidenti Janni Infantino avj olgan bahslar fonida muxlislarni «sovuqqon bo‘lish va tinchlanishga» chaqirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting