JCh-2026'ga chiptalarni sotib olish uchun 500 mln kishi lotoreyada ishtirok etadi
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalarni sotib olish huquqi uchun o‘tkaziladigan qur’ada taxminan 500 million kishi ishtirok etadi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi — FIFA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, atigi 33 kun ichida FIFAga 211 ta a’zo davlatdan bo‘lgan muxlislardan bir necha yuz millionta ariza kelib tushgan. So‘rovlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakatlar orasida musobaqaga mezbonlik qiluvchi AQSh, Meksika va Kanada, shuningdek Germaniya, Angliya, Braziliya, Ispaniya, Portugaliya, Argentina hamda Kolumbiya bor. Chiptalar bo‘yicha arizalar natijasi muxlislarga 5 fevraldan oldin ma’lum qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadi.