JCH-2026dan keyingi so‘nggi 10ta tur: «Dinamo» ochko yig‘ish bo‘yicha Superligada top-4likda
«Dinamo» Superligada mavsumning birinchi qismini qoniqarsiz o‘tkazib 11 ochko bilan 13-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, jamoadagi o‘zgarishlardan keyingi so‘nggi 10 o‘yinda Superligada eng ko‘p ochko yig‘ish bo‘yicha 4-o‘rinda bormoqda.
Vadim Abramov shogirdlari JCH-2026dan keyin davom ettirilgan chempionatimizning so‘nggi 10ta o‘yinida 5 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etib, 19 ochko jamg‘arishga erishdi.
Bu borada «Navbahor» 21 ochko bilan yetakchi bo‘lsa, «Neftchi» va «Paxtakor»dan (20 ochkodan) keyingi o‘rinni «Dinamo» egallab turibdi.
Eng katta o‘sish «Dinamo»da - 9 o‘rin yuqoriga.
«Dinamo» so‘nggi 10ta turda g‘alabalar soni bo‘yicha Superligada faqat «Navbahor» va «Neftchi»dan (6tadan g‘alaba) ortda qolmoqda – 5ta g‘alaba;
«Dinamo» so‘nggi 10ta turda eng kam gol o‘tkazish bo‘yicha Superligada faqat «Paxtakor» (7ta gol) va «Nasaf»dan (9ta gol) ortda qolmoqda – 10ta gol o‘tkazib yuborilgan;
«Dinamo» so‘nggi 10ta turda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni bo‘yicha Superligada faqat «Paxtakor»dan (10 mag‘lubiyatsiz o‘yin) ortda qolmoqda – 9 mag‘lubiyatsiz o‘yin.
So‘nggi o‘yinlarda jarohat sababli Anvarjon Hojimirzayev, Sanjar Qodirqulov, Xislat Xalilov tarkibdan chiqdi, Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonov olimpiya jamoasiga chaqirildi.