locale OZ

JCh-2026:Belgiya va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin nursiz durang bilan yakunlandi

Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026:Belgiya va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin nursiz durang bilan yakunlandi
FOTO: Getty Images

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati «G» guruhi 2-turi doirasidagi Belgiya va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin yakunlandi. Yakuniy hushtak chalingandan soʻng 0:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuv Inglvuddagi (AQSH) «Sofi» («SoFi Stadium») stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda argentinalik Dario Errera (Andakolo) bosh hakam sifatida faoliyat olib bordi.

Oʻyinning 25-daqiqasida Mehdi Taremi hisobni ochib, Eron terma jamoasini oldinga olib chiqqan edi, biroq VAR yordamidan soʻng kiritilgan gol bekor qilindi. 67-daqiqada esa belgiyaliklar himoyachisi Natan Ngoy maydondan chetlatildi.

Ushbu oʻyindan keyin Belgiya va Eron hisobida ikkitadan ochko mavjud. Yangi Zelandiya va Misrda esa bittadan ochko bor — bu jamoalar oʻzaro uchrashuvini 22-iyun kuni oʻtkazishadi (oʻyin Toshkent vaqti bilan tonggi soat 06:00 da boshlanadi).

3-turda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan toʻqnash keladi (27-iyun), Eron esa Misrga qarshi maydonga tushadi (shuningdek, 27-iyun).

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati — 2026 musobaqalari 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting