JCh-2026 yopilish marosimida Tom Kruz va Robbi Uilyams ishtirok etadi
FIFA JCh-2026 final uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadigan yopilish marosimi tafsilotlarini rasman e'lon qildi.
Foto: Getty Images
FIFA JCh-2026 final uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadigan yopilish marosimi tafsilotlarini rasman e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, tantanali marosimda mashhur aktyor Tom Kruz, xonandalar Robbi Uilyams, Nikol Sherzinger hamda dunyoga taniqli bloger IShowSpeed ishtirok etadi. Shuningdek, amerikalik xonanda Jennifer Hudson final bahsi oldidan AQSH madhiyasini ijro etadi.
FIFA final oldidan tashkil etiladigan shou orqali 2026-yilgi Jahon chempionatini yorqin tarzda yakunlashni rejalashtirmoqda. Turnirning hal qiluvchi uchrashuvi oldidan o‘tkaziladigan marosimda sport va shou-biznes yulduzlari bir sahnada jam bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finali 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist