locale OZ

JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan 32 jamoa nomi ma'lum bo'ldi

2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritgan 32 jamoa nomi ma'lum bo'ldi
ФОТО: Getty images

Portugaliya va Norvegiya saralashning so'nggi bahsida g'alaba qozonib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Natijada JCHga chiqqan jamoalarning soni 32 taga yetdi. Oldinroq turnirga quyidagi jamoalar yo'llanmani qo'lga kiritgan: Meksika, AQSh, Kanada (mezbonlar), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, O'zbekiston, Yangi Zelandiya, Argentina, Ekvador, Braziliya, Kolumbiya, Urugvay, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, Janubiy Afrika, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Senegal, Kot-d’Ivuar, Frantsiya, Portugaliya va Norvegiya.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tadi. Mundial guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashingtonda o'tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting