locale OZ

JCH-2026: Yarim finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

Yevropaning 3 jamoasi yarim finalga chiqdi.
JCH-2026: Yarim finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining chorak final bahslari nihoyasiga yetdi va yarimfinal bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi.

Chorak finalning so‘nggi uchrashuvida Argentina terma jamoasi Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada, Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa yarimfinalda Angliya bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Musobaqaning ilk yarimfinal yo‘llanmasi uchun Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

Yarim final uchrashuvlari sanasi va vaqtlari bilan tanishing:

Fransiya — Ispaniya (15-iyul kuni soat 00:00);

Angliya — Argentina (16-iyul kuni soat 00:00).

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting