locale OZ

JCh-2026: Yarim finalchilarning turnir davomida bosib o‘tgan masofasi ma'lum bo‘ldi

Eng uzoq masofani Angliya terma jamoasi bosib o‘tgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Yarim finalchilarning turnir davomida bosib o‘tgan masofasi ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l olgan terma jamoalarning musobaqa davomida uchrashuvlarga borish uchun bosib o‘tgan masofasi e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yarim finalchilar orasida eng uzoq masofani Angliya terma jamoasi bosib o‘tgan. Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa turnir davomida o‘yinlarga qatnashish uchun jami 20 600 kilometr yo‘l bosgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Ispaniya egallab turibdi. Luis de la Fuente shogirdlari 14 200 kilometr masofani bosib o‘tgan.

Keyingi o‘rinlardan Argentina va Fransiya joy olgan. Argentina terma jamoasi turnir davomida 8 025 kilometr, Fransiya esa 5 500 kilometr masofani bosib o‘tgan. Shu tariqa, yarim finalchilar orasida eng kam safar qilgan jamoa aynan Fransiya bo‘ldi.

JCh-2026 yarim finalchilari bosib o‘tgan masofa:

  • Angliya — 20 600 km
  • Ispaniya — 14 200 km
  • Argentina — 8 025 km
  • Fransiya — 5 500 km

Ma'lumot uchun, Jahon chempionatining yarim final bosqichida Fransiya – Ispaniya hamda Angliya – Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Final uchrashuvi esa 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting