locale OZ

JCH-2026. Yaponiya Tunisni yirik hisobda mag'lub etdi

“Quyosh chiqadigan yurt” vakillari 4 ochko bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Yaponiya Tunisni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
21.06.2026, Yak.
Tunis
0
Yaponiya
4

2026 yilgi Jahon chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda “quyosh chiqadigan yurt” vakillari 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob o‘yin 6-daqiqasida yarim himoyachi Daiti Kamada tomonidan ochildi. 31-daqiqada hujumchi Ayase Ueda yaponlarning ustunligini ikki baravarga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham Osiyo vakillari tashabbusni qo‘ldan bermadi. 69-daqiqada Junya Ito jamoasining uchinchi golini kiritdi. Uchrashuvga nuqtani esa 83-daqiqada Ayase Ueda qo‘ydi va dubl muallifiga aylandi. Shu tariqa, Yaponiya Tunisni 4:0 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “F” guruhining birinchi turida Tunis Shvetsiyaga 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Yaponiya esa Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting