locale OZ

JCH-2026. Shveysariya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

Chorak finalda Shveysariya amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Shveysariya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
07.07.2026, Yak.
Shveytsariya
0
Kolumbiya
0

Jahon chempionatining nimchorak finalida Shveysariya va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida umuman hisob ochilmadi — 0:0. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Zarbani amalga oshirishda Shveysariya futbolchilari aniqroq harakat qilishdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Chorak finalda Shveysariya amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Argentinaliklar 1/8 finalda Misrni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Shu tariqa, Shveysariya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixida to‘rtinchi bor chorak finalga chiqdi. Jamoa bunga oxirgi marta 1954-yilda erishgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting