locale OZ

JCH-2026. Shveysariya Jazoirni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

O'yinda 2 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Shveysariya Jazoirni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
ФОТО: Getty images

JCH-2026 musobaqasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Shveysariya hamda Jazoir milliy jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda yevropaliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida afrikaliklar biroz faollik ko‘rsatib, ketma-ket hujumlar tashkil etdi. Biroq hisobni yevropaliklar ochdi — 10-daqiqadayoq Bril Embolo raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi taym ilk daqiqasidayoq Dan Ndoye Shveysariyaning ikkinchi goliga mualliflik qildi va oradagi farqni yanada oshirdi.

Shveysariya musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun Kolumbiya hamda Gana milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 8-iyul kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Jahon chempionati. 1/16 final

Shveysariya — Jazoir 2:0
Gollar:
1:0 — Bril Embolo (10), 2:0 — Dan Ndoye (46).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting