locale OZ

JCh-2026: Shvetsiya guruh bosqichining dastlabki turida Tunisni tor-mor etdi

Shvedlar guruh peshqadamiga aylanib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Shvetsiya guruh bosqichining dastlabki turida Tunisni tor-mor etdi
JCh-2026: Shvetsiya guruh bosqichining dastlabki turida Tunisni tor-mor etdi

Futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati «F» guruhi 1-turi doirasida Shvetsiya va Tunis terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi. Meksikaning Gvadalupa shahridagi «BBVA» stadionida oʻtgan bahsda shvedlar 5:1 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq Yasin Ayari gol urib, Shvetsiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada Aleksander Isak jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi. Birinchi boʻlim yakunlanishi arafasida Tunis terma jamoasi Omar Rekikning saʼy-harakatlari evaziga farqni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. Biroq 59-daqiqada Viktor Dyokeres shvedlarning uchinchi golini kiritib, hisobdagi farqni yana oshirdi. Oʻyin yakunida Shvetsiya yana ikkita gol urishga erishdi: 86-daqiqada Mattias Svanberg, 90+6-daqiqada esa Yasin Ayari oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi.

Shvetsiya va Tunis joy olgan guruhda, shuningdek, Niderlandiya hamda Yaponiya terma jamoalari ham oʻrin egallagan boʻlib, ularning oʻzaro 1-tur bahsida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Shu tariqa, 3 ochko jamgʻargan Shvetsiya guruhda birinchi oʻringa koʻtarilib oldi. Kvartetda keyingi oʻrinlarni Niderlandiya va Yaponiya (1 ochkodan) band etgan boʻlsa, Tunis hozircha soʻnggi pogʻonada (0 ochko) bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Joriy Jahon chempionatida jami 48 ta terma jamoa ishtirok etayotgan boʻlib, ular toʻrttadan 12 ta guruhga boʻlingan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting