locale OZ

JCh-2026: Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi

Qit'adoshimiz uchun mundial yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026: Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

2026-yilgi Jahon chempionatining I guruhi 3-turida Senegal terma jamoasi Iroq ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq Habib Diarra hisobni ochdi. 13-daqiqada esa Iroq himoyachisi Rebin Sulaka qizil kartochka olib maydonni tark etdi va jamoasi uchrashuvning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

Ikkinchi bo‘limda Senegal ustunligini yanada oshirdi. Ismaila Sarr bitta gol urdi, Pape Geye dubl qayd etdi, Iliman Ndiaye esa yakuniy nuqtani qo‘yib, hisobni 5:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Mazkur g‘alaba evaziga Senegal pley-off yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldi. Iroq esa guruh bosqichini ochkosiz yakunlab, Jahon chempionatini tark etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting