locale OZ

JCh-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni Iroq bilan durang oʻynadi va mundialga yoʻllanma oldi

Endi Iroq pley-offda BAA bilan toʻqnash keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Saudiya Arabistoni Iroq bilan durang oʻynadi va mundialga yoʻllanma oldi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 4-saralash bosqichi 3-tur doirasidan oʻrin olgan bahsda Saudiya Arabistoni va Iroq oʻzaro to'qnash keldi va yakunda tomonlar nursiz durangga imzo chekishdi.

Shu tariqa Saudiya guruhni peshqadam sifatida yakunladi hamda Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Ushbu bosqichda guruhlarda 2-o‘rinni egallagan Iroq va BAA oʻzaro pley-off bahsida ishtirok etishadi. Gʻolib esa qit’alararo pley-offda mundial yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

JCh-2026 saralashi, Osiyo qitʼasi

Saudiya Arabistoni — Iroq 0:0

Saudiya Arabistoni — Al Aqidi, Abdulhamid, Thakri, Tambakti, Yahyo (Boushal, 71), Al Dovsari, Al Haybari, Aboulshamat (Al Hamdan, 71), Juvayr (Al Amri, 80), Al Dovsari (Al Musa, 89), Al Buraykan (Al Shehri, 89).

Iroq — Hassan, Ali (Putros, 55), Yunus (Hashem, 79), Sulaka, Doski, Amin (Sayyid, 79), Iqbal (Sher, 81), Al Ammari, Bayesh, Yakob (Jasim, 46), Ali.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting