locale OZ

JCh-2026 saralashi. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda Portugaliya tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi

Yevropada mundial yo'llanmasi uchun kurash davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Ronaldu dubl qayd etgan bahsda Portugaliya tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 saralash bosqichining 4-turidan oʻrin olgan bahsda Portugaliya va Vengriya oʻzaro to'qnash keldi. Yakunda tomonlar 2:2 hisobida durangga imzo chekishdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Salai hisobni ochdi, 22-daqiqada esa Ronaldu imkoniyatlarni tenglashtirdi va birinchi boʻlim so‘nggida jamoasini oldinga olib chiqdi. Ammo Saboslay so‘nggi daqiqalarda gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa Portugaliya ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 10 taga yetkazib olib, «F» guruhida peshqadamlik qilmoqda. Vengriya hisobida esa 5 ochko mavjud va bu jamoa ikkinchi oʻrinda bormoqda.

JCh-2026 saralashi, Yevropa qitʼasi

Portugaliya — Vengriya 2:2

Gollar: Ronaldu (22, 45+3) — Salai (8), Saboslay (90+1).

Portugaliya – Koshta, Semedu, Diash, Veyga, Mendesh (Tavaresh, 79), Fernandesh (Konseysau, 62), Nevesh (Paliniya, 62), Vitinya, Bernardu Silva, Netu (Feliks, 62), Ronaldu (Ramush, 78).

Vengriya – Tot, Nego, Orban, Salai, Kerkez (Dardai, 79), Shefer (Tot, 38), Stayls (Vitalis, 79), Soboslai, Bolla (Lukas, 58), Varga, Sallai.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting