locale OZ

JCH-2026 saralashi. Qit'alararo pley-off ishtirokchilari ma'lum bo'ldi

Qur'a 20 noyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 saralashi. Qit'alararo pley-off ishtirokchilari ma'lum bo'ldi
ФОТО: Getty images

KONKAKAFda JCH-2026 saralash bosqichi yakunlandi. Shu tariqa qit'alararo pley-off o'yinlarining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.

Unda Iroq va Kongo DR to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun kurashadi. Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya o'z yurishlarini yarim finaldan boshlaydi. Jamoalar kelasi yilning mart oyi oxirida mundialning ikkita yo'llanmasi uchun kurashadi.

Iroq va Kongo DR yuqoridagi ikki juftlik g'oliblari bilan o'ynaydi, ular qur'a natijalariga ko'ra aniqlanadi. Qur'a 20 noyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 2026 yilda Kanada, AQSh va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting