locale OZ

JCh-2026 saralashi. Qatar BAAni magʻlub etib, mundialning 24-ishtirokchisiga aylandi

Lopetegi shogirdlari 4 ochko bilan «A» guruhida birinchi oʻrinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Qatar BAAni magʻlub etib, mundialning 24-ishtirokchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Qatar milliy jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida BAA bilan oʻzaro to'qnash keldi va yakunda 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, mundialga yoʻllanma oldi.

Qatarliklar safida Bealem Huhi 49-daqiqada, Pedro Migel esa 74-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qildi. BAAning yagona javob to'pi esa 90+8-daqiqada Sulton Adil Al-Amiriy tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, Xulen Lopetegi boshqaruvidagi Qatar 4 ochko jamgʻarib, «A» guruhida birinchi oʻrinni egalladi va JCh-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

BAA esa guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi hamda plef-off bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

JCh-2026 saralashi, Osiyo qitʼasi

Qatar — BAA 2:1

Gollar: Huhi (49), Pedro Migel (74) – Al-Amiriy (90+8).

Qatar – Abunada, Aloi (Salmon, 71), Pedro, Kouki (Lukas Mendes, 62), Burayk, Edmilson, Madibo, Budiaf, Afif, Mannai, Almoaz (Soriya, 61).

BAA – Eysa, Zuhir (Pereyra, 59), Pimenta, Kuadio, Meloni, Kanedo (Odil, 68), Nodir, Amaral (Suhayl, 68), Solih (Menezes, 69), Ximenes, Kayo Lukas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting