locale OZ

JCh-2026 saralashi. Portugaliya safarda Irlandiyaga magʻlub boʻldi

Krishtianu Ronaldu ikkinchi boʻlimda qizil kartochka bilan jazolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Portugaliya safarda Irlandiyaga magʻlub boʻldi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 saralash bosqichidan oʻrin olgan bahsda Portugaliya va Irlandiya oʻzaro to'qnash keldi va yakunda irlandlar 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.

Dastlab Troy Parrott 17-daqiqada hisobni ochdi. 45-daqiqada esa uning oʻzi dublni rasmiylashtirdi.

Qayd etish joiz, uchrashuvning 59-daqiqasida Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa, Irlandiya ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, «F» guruhida uchinchi oʻrinda bormoqda. Portugaliya esa 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

JCh-2026 saralashi. «F» guruhi, 5-tur

Irlandiya — Portugaliya 2:0

Gollar: Perrott (17, 45).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting