locale OZ

JCh-2026 saralashi. Niderlandiya safarda Maltani yirik hisobda mag'lub etdi

Kuman jamoasi guruhda to‘liq yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. Niderlandiya safarda Maltani yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

JCh-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Niderlandiya terma jamoasi safarda Malta bilan to‘qnash keldi. Bahs 4:0 hisobida “apelsinlar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Kodi Gakpo dubl muallifiga aylandi. Reynders hamda Depay bittadan gol urdi.

Natijada G guruhida Ronald Kuman shogirdlari besh turdan so‘ng 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Malta esa olti uchrashuvdan so‘ng atigi ikki ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda.

JCh-2026 saralashi

Niderlandiya — Malta 4:0

Gollar: Gakpo (pen. 12, pen. 48), Reynders (57), Depay (90+3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting