locale OZ

JCh-2026 saralashi. JAR mundialga yoʻllanma olgan 23-jamoaga aylandi

Nigeriya esa pley-off oʻyinlarida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCh-2026 saralashi. JAR mundialga yoʻllanma olgan 23-jamoaga aylandi
FOTO: Getty Images

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. JAR oʻz maydonida oʻtkazilgan saralash uchrashuvida Ruanda ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Bellashuvdagi gollarga Talente Mbata (5), Osuin Appollis (26) va Evidens Makgopa (72) mualliflik qildi.

Ushbu natijadan soʻng JAR 18 ochko jamgʻarib, «C» guruhida birinchi o‘rinni egalladi va JCh-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu — mamlakat tarixida 2010 yilgi uy mundialidan keyingi ilk Jahon chempionati boʻladi, oʻshandan beri jamoa saralashdan o'ta olmayotgandi.

Nigeriya esa 17 ochko bilan ikkinchi oʻrindan joy oldi va 2026 yilning mart oyida boʻlib oʻtadigan pley-off oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Benin, Lesoto, Ruanda va Zimbabve esa mos ravishda 3—6-o‘rinlarni egallab, mundial yo‘llanmasidan mahrum boʻldi.

Shu tariqa, JCh-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan 23 jamoa nomi maʼlum boʻldi: Oʻzbekiston, Avstraliya, Paragvay, Kolumbiya, Ekvador, Braziliya, Urugvay, AQSh, Marokash, Meksika, Tunis, Misr, Kanada, Jazoir, Yaponiya, Gana, Kabo-Verde, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, Iordaniya, Janubiy Koreya va JAR.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting