locale OZ

JCH-2026 saralashi. Gruziya Bolgariyani yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026 saralashi. Gruziya Bolgariyani yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida 2-tur bahslari davom etmoqda.

E guruhida Gruziya terma jamoasi o'z maydonida Bolgariyani qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Xvicha, Gagnidze va Mikautadze gollarga mualliflik qilishdi.

Natiajada Gruziya uch ochkoga ega bo'ldi. Bolgariya ikki o'yindan so'ng birorta ham ochko to'play olgani yo'q. Ular birinchi turda Ispaniyaga ham yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa
E guruhi. 2-tur
Gruziya — Bolgariya 3:0
7 sentabr, «Dinamo-Arena»
Gollar: Kvaratsxeliya (30), Gagnidze (44), Mikautadze (65).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting