JCH-2026 saralashi. Germaniyadan yirik g'alaba
Natijada Yulian Nagelsmann shogirdlari ochkolar sonini 6 taga yetkazib oldi.
ФОТО: Getty images
Yevropa qit'asida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida navbatdagi tur bahslari o'tkazilmoqda.
Germaniya terma jamoasi o'z maydonida autsayder Lyuksemburgni qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Kimmix dublga erishdi. Raum va Gnabri ham hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.
Natijada Yulian Nagelsmann shogirdlari ochkolar sonini 6 taga yetkazib, A guruhida peshqadamga aylandi.
JCH-2026 saralashi. 10 oktyabr
A guruhi. 3-tur
Germaniya — Lyuksemburg 4:0
Gollar: Raum (12), Kimmix (21 penalti, 50), Gnabri (48).
Germaniya — Baumann, Ta, Shlotterbek (Anton, 61), Raum (Braun, 82), Goretzka, Pavlovich, Gnabri (Bayer, 68), Virtz, Adeyemi (Baku, 61), Voltemade (Burkardt, 61).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist